16 noy 08:44
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Beshta partiyada beshta durang!
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. Dastlabki to'rtta partiyada tomonlar murosaga kelishgandi.
Kecha o'tkazilgan beshinchi turda ham kuchlar teng keldi. Bu safar Karuana oq donalarda harakat qildi. Lekin amaldagi jahon chempionini mag'lub etishning uddasidan chiqa olmadi. Bugun o'tkaziladigan oltinchi partiya oldidan hisob 2,5:2,5 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Fikrlar