26 noy 10:34
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Bugun jahon chempioni aniqlanishi mumkin
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) dunyoning 2018 yildagi eng kuchli shaxmatchisi kim degan savolga oydinlik kiritishyapti. SHu kungacha o'n bittta partiya o'ynalgan bo'lsa, hech birida g'alaba qayd etilmadi.
Bugun jahon chempionatida so'nggi 12-partiya o'ynaladi. Karuana bugun oq donalarda harakat qiladi va agarda g'alaba qozona olsa, jahon chempioniga aylanadi. Hozircha hisob 5,5:5,5 durang ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi. Ana shu partiyalar jahon toji sohibini aniqlab beradi.
Fikrlar