12 noy 13:02
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon toji uchun match. Bugun uchinchi partiya o'ynaladi
Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi davom etmoqda.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana o'zaro to'qnash kelishmoqda. Birinchi va ikkinchi partiyada tomonlar durangga erishishgandi.
Bir kunlik tanaffusdan so'ng bugun grossmeysterlar uchinchi turda o'zaro to'qnash kelishadi. Bugun Karuana oq donalarda harakat qiladi. Uchinchi partiya oldidan hisob 1:1 ko'rinishida bo'lib turibdi. SHaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar