14 noy 08:21
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Duranglar seriyasi davom etadi
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. Dastlabki uchta partiyada tomonlar murosaga kelishgandi.
Kecha o'tkazilgan to'rtinchi turda ham kuchlar teng keldi. Bu safar Karlsen oq donalarda harakat qildi. Lekin jahon chempioni bu kichik ustunlikdan foydalana olmadi va yakunda durangga imzo chekdi. Bugun turnirda dam olish kuni. Ertaga o'tkaziladigan beshinchi partiya oldidan hisob 2:2 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Fikrlar