10 noy 13:27
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon toji uchun match. Etti soat cho'zilgan birinchi partiyada murosayu madora
Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi boshlandi.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana o'zaro to'qnash kelishmoqda. Birinchi partiya deyarli 7 soat davom etdi va qora donalarda harakat qilgan Karlsen durangga erishdi.
SHaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi. Bugun ikkinchi partiya o'tkaziladi va unda Karlsen oq donalarda o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar