11 noy 15:44
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon toji uchun match. Ikkinchi partiyada ham durang qayd etildi
Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi davom etmoqda.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana o'zaro to'qnash kelishmoqda. Birinchi partiya deyarli 7 soat davom etib, qora donalarda harakat qilgan Karlsen durangga erishgandi.
Ikkinchi turda ham tomonlar murosaga kelishdi. Uchinchi partiya oldidan hisob 1:1 ko'rinishida bo'lib turibdi. SHaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Havola :
Fikrlar