29 noy 08:43
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Jahon chempioni tay-brekda aniqlandi FOTO
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) dunyoning 2018 yildagi eng kuchli shaxmatchisi kim degan savolga oydinlik kiritishdi.
Etiborlisi, belgilangan o'n ikkita partiyaning barchasida durang natija qayd etildi va hisob 6:6 ko'rinishiga keldi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, jahon chempioni nomini hal qiluvchi tay-brek partiyalari aniqlab berdi.
To'rtta partiyadan iborat tay-brekda birinchi bo'lib 2,5 ochko jamg'argan shaxmatchi g'oliblikni qo'lga kiritardi. Amaldagi jahon chempioni ketma-ket uchta partiyada zafar quchib, umumiy hisobni 6:3ga etkazdi va o'z unvonini saqlab qoldi. Magnus Karlsen 2013 yildan beri jahon tojini hech kimga bermay kelyapti.
Fikrlar