19 noy 08:53
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon toji uchun match. Ketma-ket ettinchi partiyada ham durang
Angliyaning London shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi tobora o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. Dastlabki oltita partiyada tomonlar murosaga kelishgandi.
Kecha o'tkazilgan ettinchi turda ham g'olib aniqlanmadi. Bugun jahon chempionatining sakkizinchi tur uchrashuvi o'tkaziladi. Bugungi partiya oldidan hisob 3,5:3,5 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Havola :
Fikrlar