17 noy 07:56
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon toji uchun match. Ketma-ket oltinchi partiyada ham durang
Buyuk Britaniyaning London shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi tobora o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. Dastlabki beshta partiyada tomonlar murosaga kelishgandi.
Kecha o'tkazilgan oltinchi turda ham g'olib aniqlanmadi. Bu safar Karuana qora donalarda harakat qildi va durangga erishdi. Bugun jahon chempionatida dam olish kuni. Ertaga o'tkaziladigan ettinchi partiya oldidan hisob 3:3 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Havola :
Fikrlar