23 noy 08:27
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Murosayu madora davom etadi
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. SHu kungacha o'nta partiya o'ynalgan bo'lsa, hech birida g'alaba qayd etilmadi.
Kecha o'tkazilgan o'ninchi partiyada ham tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Qora donalarda harakat qilgan Karlsen durangga rozilik berdi. Bugun jahon chempionatida dam olish kuni. Ertaga 11-partiyada Magnus oq donalarda o'ynaydi. Hozircha hisob 5:5 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Fikrlar