25 noy 09:13
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Muvozanatni kim buzadi?
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. SHu kungacha o'n bittta partiya o'ynalgan bo'lsa, hech birida g'alaba qayd etilmadi.
Kecha o'tkazilgan o'n birinchi partiyada ham tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Qora donalarda harakat qilgan Karuana durangga rozilik berdi. Bugun jahon chempionatida so'nggi 12-partiya o'ynaladi. Karuana bugun oq donalarda o'ynaydi va agar g'alaba qozonsa, jahon chempioniga aylanadi. Hozircha hisob 5,5:5,5 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi. Ana shu partiyalar jahon toji sohibini aniqlab beradi.
Fikrlar