21 noy 08:18
Yangiliklar
SHaxmat
Jahon toji uchun match. Sakkizinchi partiyada ham durang qayd etildi
Buyuk Britaniyaning London shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. Sakkizinchi partiyada tomonlar murosaga kelishdi.
Kecha jahon toji uchun matchda dam olish kuni edi. Bugun grossmeysterlar to'qqizinchi partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Bugungi partiya oldidan hisob 4:4 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar