22 noy 08:21
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. To'qqizinchi partiyada ham durang
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) o'zaro to'qnash kelishmoqda. SHu kungacha to'qqizta partiya o'ynalgan bo'lsa, hech birida g'alaba qayd etilmadi.
Kecha o'tkazilgan va 3 soatu 27 daqiqa davom etgan to'qqizinchi partiyada ham tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Bugun jahon chempionatining 10-tur uchrashuvi o'tkaziladi va unda Karlsen qora donalarda harakat qiladi. Bugungi partiya oldidan hisob 4,5:4,5 ko'rinishida bo'lib turibdi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Fikrlar