13 noy 08:20
Yangiliklar
Jahon toji uchun match. Uchinchi partiyada ham kuchlar teng keldi
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana o'zaro to'qnash kelishmoqda. Birinchi va ikkinchi partiyada tomonlar durangga erishishgandi.
Bir kunlik tanaffusdan so'ng grossmeysterlar uchinchi turda o'zaro to'qnash kelishdi. Bu safar Karuana oq donalarda harakat qildi. Bu safar ham tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Uchinchi partiya oldidan hisob 1,5:1,5 ko'rinishida bo'lib turibdi. Bugun to'rtinchi partiya o'ynaladi.
Malumot uchun, shaxmatchilar o'zaro 12 partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Agar ushbu partiyalarda g'olib aniqlanmasa, u holda rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha qo'shimcha 4ta partiyaga murojaat qilinadi.
Fikrlar