25 sen 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Jumaevning UAE Warriors 54 turniri doirasidagi raqibi o'zgardi
28 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahridagi "ADNEC" majmuasida MMA bo'yicha UAE Warriors 54 turniri o'tkaziladi.
Malum qilganimizdek, oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Jahongir Jumaev jang qiladi. Unga turnir doirasida ukrainalik Kirill Gorobec raqiblik qilishi lozim edi. Biroq Gorobec jarohat tufayli jangdan chiqqan.
Endilikda Jumaev 28 sentyabr kuni turnirning markaziy jangida Ozarbayjon vakili SHaxmar Sadigovga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, 34 yoshli Jumaev faoliyatida 15 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. SHaxmar Sadigovning hisobida esa 6 ta g'alaba va 1 ta durang bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar