15 fev 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahongir Najmiddinovning Octagon 70 turniridagi raqibi o'zgardi
23 fevral kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida joylashgan "Baluan-SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 70 musobaqasi bo'lib o'tadi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Jahongir Najmiddinov Qozog'iston vakili Elaman Jetpisbay bilan bahs olib borishi belgilangan edi.
Biroq liga matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Jetpisbay jarohat tufayli jangdan chiqqan. Endi Najmiddinov tojikistonlik Amirxon Ataxonov bilan jang qiladi.
Musobaqaning markaziy jangi Qozog'iston vakili Erkebulan Toktar va tojikistonlik Kamil Karate o'rtasida BMF kamari uchun kechadi.
Malumot uchun, Jahongir Najmiddinov faoliyati davomida hozirgacha 18 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Amirxon Ataxonov hisobida esa 6 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar