09 avg 18:37
Yangiliklar
SHaxmat
Jahongir Vohidov individual natijalar bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi. Hisobimizda kumush va bronza medali ham bor
Xabaringiz bor, Hindistonning CHennay shahri mezbonlik qilgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi vakillarimizning g'alabasi bilan yakunlandi.
SHaxmat Olimpiadasida jamoaviy bahslardan tashqari individual natijalar bo'yicha ham kurash ketadi.
Ushbu individual natijalar bo'yicha Jahongir Vohidov 4-taxtada o'ynagan shaxmatchilar orasida 1-o'rinni egallab, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov esa 1-taxtadagi shaxmatchilar orasida 2-o'rindan joy olib, kumush medalga ega chiqdi. U hattoki shaxmat tojining amaldagi sohibi Magnus Karlsenni ham ortda qoldirdi. 1-taxtada oltin medal Gukeshga nasib qildi.
Nodirbek Yakubboev esa 2-taxtadagi shaxmatchilar orasida 3-o'rin va bronza medali sohibi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar