So’nggi yangiliklar

15:03Хоккей бўйича ҳаваскорлар терма жамоамиз Хитойдаги мусобақада иштирок этади 0 14:42Жейк Пол ўз жонига қасд қилиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 14:21"Кўп гапиряпсан". Бетербиев Биволнинг промоутери Хирнни жангга чорлади 0 14:00Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди? 0 13:39Фрэнсис Нганну Фёдор Емельяненко билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 13:18Янник Синнер мавсумни ATP рейтинги пешқадами сифатида якунлайди 0 12:57WBC Amateur TURKSOY: Туркистонда илк чемпионлик камари соҳиблари аниқланади 0 12:36Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди 0 12:15Собиқ UFC чемпиони Жамал Хиллга жанг беришди 0 11:54Кори Гофф Ухан турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 11:33Жаҳонгир Воҳидов "Oskemen Open 2024" турнири совриндори 0 11:12Бугун Аргентина - Ўзбекистон учрашуви бўлиб ўтади 0 10:51CAVA U20 Volleyball Championship. Терма жамоамизда кетма-кет тўртинчи ғалаба + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Wuhan Open. Арина Соболенко 1/4 финалда 0 10:09Нукусда югуриш мусобақаси ўтказилди 0

11 okt 11:33
Yangiliklar

SHaxmat

Jahongir Vohidov "Oskemen Open 2024" turniri sovrindori

Qozog'istonning Ust-Kamenogorsk shahrida shaxmat bo'yicha "Oskemen Open 2024" turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqaning "Masters" guruhida 20 grossmeyster, 29 xalqaro masterlarning ishtirok etgani bahslarning murosasiz kechishini taminladi. Armanistonlik grossmeysterlar Manuel Petrosyan (2631) va Aram Akopyan (2617), xitoyliklar Syuy Syanyuy (2621), Bay Czinshi (2549), eronlik Bardiya Daneshvar (2613), hindistonlik Seturaman (2576) hamda hamyurtimiz Jahongir Vohidov (2572) g'oliblik uchun asosiy davogarlar sifatida etirof etilgandi. 

O'nta tur davom etgan musobaqa yakunida Jahongir Vohidov 10 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. Grossmeysterimiz bronza medali bilan birga 5 200 AQSH dollar miqdoridagi pul mukofotini ham qo'lga kiritdi. U so'nggi turda oq donalarda harakat qilib, rossiyalik Dmitriy Bocharovni taslim etdi. Turnirning mukofot jamg'armasi deyarli 50 000 AQSH dollarini tashkil qildi. 

SHaxmatchilarimizdan Muhiddin Madaminov 6,5, Muhammadzohid Suyarov va Azamat Daurimbetov 5, Bahrom Bahrillaev esa 4,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. "Masters" turniri g'olibligi 8 ochko to'plagan ukrainalik Vitaliy Bernardskiyga nasib etdi. Jahongir singari 7,5 ochko jamg'argan Bay Czinshi ikkinchi o'rinni egalladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing