13 apr 12:25
Yangiliklar
Jahonning sobiq birinchi raketkasi uchinchi bor faoliyatini yakunlaganini elon qildi
"Men boshqa rasmiy turnirlarda qatnashmaslikka qaror qildim. Endi yangi sarguzashtlarni intiqlik bilan kutyapman", - deb yozdi Kleysters ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, tennischi 2007 yilda ilk bor faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi, ammo 2009 yilda u yana katta sportga qaytdi. Kim 2012 yilda ham sportni tark etdi va 2020 yilda Turga qaytdi. O'shandan beri u beshta turnirda qatnashib, birorta ham g'alabaga erishmadi.
Malumot uchun, Kim Kleysters 1983 yilda Belgiyada dunyoga kelgan. Tennischi 20 yoshu 2 oylik 3 kunligida faoliyatida hali "Katta Dubulg'a" turnirini yutmasdan dunyoning 1-raqamli tennischisiga aylangan. Bu borada u jahonning eng yosh birinchi raketka malikalari orasida 6-o'rinda turibdi. Faoliyati davomida belgiyalik sportchi 4 marotaba "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarda g'alaba qozongan. Unga "Ulkan Toj"dagi ilk unvon 28 yoshida nasib etgan. U Australian Open'da bir bor, US Open'da uch marta chempion degan nomga sazovor bo'lgan.
Fikrlar