02 dek 11:18
Yangiliklar
Jahonning sobiq to'rtinchi raketkasi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
«Men o'zimning his-tuyg'ularim bilan yolg'iz qolishni va shu qarorga kelish uchun o'zimga vaqt berishni xohladim. Faoliyatimni yakunlash tennisni ortiq sevmasligim yoki o'zimni kortda boshqa ko'rmasligimni anglatmaydi, degan fikrg keldi. Hatto hozir ham o'sha hayotni sog'indim, chunki men bolaligimdan buyon tennis bilan birgaman.
Lekin men faoliyatimdan mamnunman. Hatto hamma narsa mening muvaffaqiyatga erisha olmasligimni ko'rsatganda ham mening hayotimda orzularimni amalga oshirishga yordam bergan insonlar paydo bo'ldi. Men ulardan juda minnatdorman”, - deya Kontaning so'zlarini keltiradi WTA matbuot xizmati.
Faoliyati davomida Yoxanna to'rtta WTA yakkalik turnirida g'olib chiqdi. Uning "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi eng yaxshi ko'rsatkichi Australian Open, Uimbldon va "Rolan Garros" ning yarim finallariga chiqqani bo'lgan. 2017 yil iyul oyida u o'zi uchun eng yuqori bo'lgan jahon tasnifining to'rtinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Fikrlar