So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

21 iyu 10:20
Yangiliklar

Boshqalar

Jahonobodda jahon chempionlari bellashdi

Farg'ona viloyati Rishton tumani Jahonobod qishlog'ida yurtimiz mustaqilligining 25 yilligiga atab bayram sayli bo'lib o'tdi.

Qishloq fuqorolar yig'ini, mahalla faollari va faxriy polvonlar tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda dor o'yinlari bilan birga har doimgidek belbog'li kurash musobaqasi ham o'tkazildi.

Murosasiz bellashuvlarda o'smirlar, yoshlar, kattalar va faxriy polvonlar gilamga chiqib, o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Bu borada eng qiziqarli bahs kutilganidek, mutloq vaznda bo'lib o'tdi. Unda mahalliy polvon, jahon chempioni Zaylobiddin Ortiqov hamda Buvayda tumanilik jahon chempioni Obidali Mavlonov bosh sovrin uchun bellashdi. Muxlislarga olam-olam quvonch baxsh etgan qizg'in kurashda Zaylobiddinning qo'li baland keldi.

- Avvalo tashkilotchilarga katta rahmat. Hozirga qadar juda ko'p xalqaro musobaqalarda gilamga chiqqanman. Lekin o'zim tug'ilib o'sgan qishlog'im, barcha yaqinlarim oldida g'alaba qozonishning gashti baribir boshqacha ekan, -deydi 2013 yili Qozon shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon Talabalar universiadasi sovrindori Zaylobiddin Ortiqov.

O'z o'rnida takidlash kerak, birgina Jahonobod qishlog'idan mustaqillik yillarida aka-uka jahon chempionlari – Zohid va Zaylobiddin Ortiqov, jahon chempionatining sovrindorlari Zohid Ismoilov, Bunyod To'xtasinov, Bahrom Odilov kabi polvonlar etishib chiqqan.

Ularning ustozi esa faxriylar o'rtasida jahon chempioni Abdulla Mamayusupov hisoblanadi. Belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining katta o'qituvchisi SHavkat Mirzaqulov ham shu qishloq farzandi bo'lib, milliy sportimiz sirlarini aynan mana shu  Jahonobod qishlog'ida o'zlashtirgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing