So’nggi yangiliklar

15:10WBC рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:48Суперлиганинг 5 та, Про лиганинг 1 та клубига трансфер тақиқи қўйилди 0 14:24Отабек Холматов собиқ Жаҳон чемпиони билан реванш жангини ўтказмоқчи 0 14:01"100 минг доллардан арзонга уйимдан чиқмайман" - Жон Жонс 0 13:38Мавлуд Тифиевга уй совға қилинди 0 13:16Гвардиола: "Кейинги мавсум Чемпионлар Лигасида иштирок этмаслигимиз мумкин" 0 12:52Хавьер Мендес йилнинг энг яхши жангчисини айтди. Бу Махачев эмас 0 12:25Фрэнсис Нганну Тайсон Фьюрини реваншга чорлади 0 12:04Лос-Анжелес-2028: Қиличбозларимиз жамоавий дастурда ҳам лицензия қўлга киритишни ният қилишган 0 11:43Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин 0 11:22Илия Топурия Хабиб Нурмагомедовни мағлуб этишига ишонмоқда 0 11:01Атлетларимиз Осиё чемпионатини 44 та медаль билан иккинчи ўринда якунлашди 0 10:40Бугун тунда Нью-Йоркда рапид ва блиц бўйича Жаҳон чемпионати бошланади 0 10:19ЎФФ янги раҳбари: "4-5 йилда терма жамоамиз жаҳоннинг Топ-10`талигига киради" 0 09:58Мураббий Деонтей Уайлдернинг 2025 йилга мўлжалланган режаларини очиқлади 0

04 okt 16:28
Yangiliklar

Futbol

Jaloliddin Masharipov: “Ozgina ishonch bildirishsa, bas”

Paxtakor nihoyat, qattiq uyqudan uyg'ongandek.

Mana, amaldagi chempion g'oliblik uchun kurashayotgan Bunyodkor va Lokomotivni birin-ketin mag'lubiyatga uchratdi. SHerlarning oxirgi o'yinlarida ayniqsa, istedodli yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov yarq etib ko'zga tashlandi. U Bunyodkorga 1ta, Lokomotivga esa 2ta gol ulashdi.

Xorazm futboli vakili xususan, temiryo'lchilarga qarshi uchrashuvda katta hajmda ish bajardi. Bejizga Samvel Babayan uni milliy jamoa yig'iniga taklif qilmadi.  Biz aynan Toshkent derbisidan so'ng Jaloliddinni suhbatga tortdik.


- Jaloliddin, Paxtakor kuchli jamoalarga qarshi qanday o'ynash kerakligini amalda ko'rsatdi. O'yin haqidagi umumiy fikrlaringiz...


- Mana, derbi maqomidagi uchrashuvlarda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarni mag'lubiyatga uchratdik. Bu kutilmagan g'alabalar emas. Paxtakor hamon kuchli. Faqat, joriy mavsum ayrim o'yinlarda omad ochiqchasiga bizdan yuz o'girdi. Hozir egallab turgan o'rnimiz jamoamizga umuman yarashmasligi rost. Lekin bu vaqtinchalik holat. Bunyodkor va Lokomotivga qarshi o'yinlar oldidan muxlislarimizga Paxtakor hali borligi va hamon kuchli ekanligini isbotlashga kelishib olgandik. Bu vazifani uddaladik.


- Ushbu g'alabalarning asosiy omili nima - kuchli ishtiyoqmi yoki murabbiylar tomonidan tanlangan to'g'ri taktika?


- Ikkisi ham. Har bir futbolchi maydonga katta ishtiyoq bilan tushdi. Qolaversa, murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik.


- Lokomotivni o'rganish jarayonida murabbiylar ko'proq nimaga etibor qaratishgandi?


- Raqibning to'pni ushlab turib, o'yinni nazorat qilishiga imkon bermaslik zarurligini uqtirishdi. SHuning barobarida qarshi hujumlarda faol bo'lishimizni tayinlashdi. Amalda xuddi shunday qildik.


- Etiborlisi, siz o'yinda dublga erishdingiz. Demak, alohida tayyorgarlik ko'rgansiz, shundaymi?


- Ha, o'yinga shaxsan o'zim  maxsus shaylangandim. Zero, uchrashuvni ko'pchilik tomosha qilishi tayin edi. Yashirmayman, terma jamoaga nomzod ekanligimni isbotlashni dilimga tugib qo'ygandim. SHukrki, buni uddaladim. Muhimi, gollarim bilan g'alabaga hissa qo'shdim.


- Oxirgi 4ta o'yinda 4ta gol urib, 3ta samarali pas berdingiz. SHaxsiy statistikangiz bilan qiziqasizmi?


- Albatta. Har bir uchrashuvdan so'ng o'zgarishlarni hisobga olib qo'yaman.


- Paxtakorning notekis ishtirokini qanday izohlaysiz? CHempionga nima etishmayapti?


- Bizga nimadir bo'ldi. Ochig'i, hayronman. Bir qarashda, hammasi joyida. Noliydigan jihat yo'q. Maoshlar ham vaqtida berilyapti. O'zi hattoki, grand klublar ham bazan shunday omadsizlik davrga tushadilar. Nima derdim, bu Paxtakor qismatida ham bor ekan.


- Sizningcha, joriy mavsum yakunida chempionlik kimga nasib etarkin?


- Bashorat qilmayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, so'nggi uchrashuvlarda ko'rsatgan o'yinimizni oldinroq boshlaganimizda, hozir biz ham chempionlik uchun kurashayotgan bo'lardik.


- Jaloliddin, avvalgi mavsumga taqqoslaganda, chempionatda ijobiy o'zgarish sezilyaptimi? Sizga aynan qaysi holat maqul tushyapti?


- O'zgarish bor. Mana, o'yinlarda shiddat ancha oshdi, klublar duch kelgan raqibga jiddiy raqobat ko'rsatishmoqda. Ayniqsa, turnir jadvali quyi qismida keskin kurash ketyapti. So'nggi turlar bundan-da qizg'in kechsa kerak.


- Loko bilan o'yindan keyinoq milliy jamoadan chaqiruv oldingiz. Bundan ko'pchilik xursand.


- Eng katta orzum ham milliy jamoada o'ynash. Endi murabbiylar ishonchini oqlash uchun astoydil ter to'kaman. To'g'ri, boshida kirishib ketish biroz qiyin bo'ladi. Mashg'ulotlarda hayajon sezilyapti, baribir. Lekin imkon berishsa, albatta, o'zimni ko'rsataman.


- Demak, raqobatga tayyorsiz.


- Albatta. Menga ozgina ishonch bildirishsa, bas.


- Oldinda terma jamoamizni 2ta muhim o'yin kutib turibdi. Ulardan shaxsan siz nima kutyapsiz?


- Faqat g'alaba. Boshqasi hech birimizni qoniqtirmaydi.


- Xo'sh, Eron termasini nimaning evaziga yutish mumkin?


- Forslar bilan alohida xisob-kitobimiz ham bor. Bundan 4 yil avvalgi saralashning ilk o'yinida aynan ularga yutqazgandik. Eh, qanday alamli mag'lubiyat. Yaponiyalik hakamlar Odil Ahmedovning toza golini inobatga olishmagandi. Agar maydonda katta ishtiyoq bilan to'p sursak, bu safar forslarni ortga quruq qaytarishimiz mumkin. Muxlislar bizni birinchi o'yinda bo'lgani kabi qo'llab-quvvatlab turishsa, bas.


- SHanba kuni yurtimizda o'qituvchi va murabbiylar bayrami nishonlandi. Ustozlaringizga tilaklaringiz...


- Barcha ustozlarimni birma-bir tabriklab chiqishga ulgurdim. Ayniqsa,  millionlar o'yinining ilk saboqlarini o'rgatgan Olimboy aka Davletovdan minnatdorman. Hammalariga yana bir karra rahmat aytmoqchiman. Aynan ularning mehnatlari va saboqlari evaziga bugungi darajaga erishganimni sira unutmayman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

   
04 okt 21:18:50
sinchiklab kuzatuvchi
Boqsa odam böladi shu bola
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing