So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

16 fev 20:20
Yangiliklar

Futbol

Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"dagi ichki muhit haqida gapirdi

Kecha "Paxtakor" jamoasi OCHL doirasidagi "Al Nasr"ga qarshi o'yin oldidan Toshkentdagi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi va bugun ertalab amirliklar tomon yo'l oldi.

Biz esa "Paxtakor" mashg'uloti yakunlanganidan so'ng jamoa vingeri Jaloliddin Masharipovning fikrlari bilan qiziqdik.

Video: "Paxtakor"ning 15 fevraldagi mashg'uloti


"O'tgan uchrashuvdagi g'alabani tezroq unutib, bor etiborni "Al Nasr"ga qarshi bo'lajak uchrashuvga qaratishimiz lozim. OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani naqd qilish lozim. Mavsumni finalga teng o'yin bilan boshladik. "Al Nasr"ga qarshi bahs ham bundanda qiymatliroq bellashuvga aylanadi. Mazkur o'yinga jamoamiz tayyor. Asosiysi, yaxshi kayfiyatda muhim o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. G'alaba bizga yanada ishonch bag'ishladi.

Albatta urgan golimdan yanada ruhlandim. O'z kuchimga bo'lgan ishonchim ortdi.

Raqib haqida? Asta-sekinlik bilan "Al Nasr" jamoasini o'rganib, ularni o'yinlari tahlili boshlandi. Murabbiylar shtabi bungacha "Eyr Fors" jamoasini chuqur o'rganib, ularning kuchli va kuchsiz taraflarini ko'rsatishgandi. Endi esa "Al Nasr" jamoasini o'rganish jarayoni boshlandi.

Ichki muhit? O'tgan yili aynan shu jihat biroz yaxshi emasligi pand bergandi. Bu yili esa futbolchilar bilan yig'ilib, o'zaro gaplashib oldik. Barchamiz bir joydan non topamiz, shu boisdan ham o'zaro kelishib olganmiz. Ayni paytda ichki muhit juda ham yaxshi.

Birinchi bahsda muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Ularning ko'magi va qo'llab-quvvatlovi bizga kuch beradi. SHu o'rinda birinchi bahsdagi ajoyib muxlislik uchun ularga tashakkur. "Al Nasr"ga qarshi o'yinda ham teleekran qarshisida bizni qo'llab-quvvatlashdan charchamasliklarini tilab, ularni xursand etishga harakat qilishimizni aytib o'tmoqchiman. Muxlislar bizni yolg'izlatib qo'yishmasa, aksincha qo'llab-quvvatlab turishsa biz yanada kuchliroq jamoaga aylanamiz", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Jaloliddin Masharipov.


Yuqori kayfiyatli Sayfiev, havodagi Quvvatov va "kaltaklanayotgan futbolchilar". "Paxtakor"ning bugungi mashg'uloti (FOTOGALEREYA)


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" 12 fevral kuni OCHL 2-saralash bosqichi doirasida Iroqning "Eyr Fors" klubini (2:1) mag'lub etdi va OCHL pley-off bosqichida endi amirliklarning "Al Nasr" jamoasiga qarshi saf tortadi.

Qayd etish kerak Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bugun ertalab Toshkent-Dubay yo'nalishi orqali Birlashgan Arab Amirliklariga etib bordi. SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa Dubaydagi ilk mashg'ulotini bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:30da, Toshkent vaqti bo'yicha 20:30da boshlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing