01 dek 14:54
Yangiliklar

Jalolov, Do'smatov va Ahmadaliev WBO reytingiga kirtilmadi
O'tgan oyda 10-o'rinni egallab turgan Hasanboy Do'smatov (birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg), 8-o'rinda qayd etilgan Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg), 15-o'rindagi Bahodir Jalolov (superog'ir vazn - 90,7 kg) noyabr oyidagi reytingga kiritilmadi.
Super o'rta vazndagi bokschimiz Isroil Madrimov ilk bor WBO reytingidan o'rin egalladi.
Olimjon Nazarov (o'ta engil vazn toifasi - 50,8 kg) o'tgan oydagidan 2 pog'ona yuqorilab, 2-o'rinni egalladi;
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg) o'tgan oydagi kabi 5-o'rinni egalladi;
SHahram G'iyosov (yarimo'rta vazn toifasi - 66,6 kg) o'tgan oydagi singari vazn peshqadami;
Isroil Madrimov (super o'rta vazn toifasi -69,9 kg) 10-o'ringa joylashtirildi;
Bektemir Meliqo'ziev (supero'rta vazn - 76,2 kg) o'tgan oydagidan 2 pog'ona yuqorilab 9-o'ringa joylashdi.
Fikrlar