So’nggi yangiliklar

17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0

18 avg 10:24
Yangiliklar

Jalolovda mag'lubiyat, Rasulov esa jahon chempionati bronza medali uchun kurashadi

Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Yigirma bir yoshgacha bo'lgan kurashchilar o'rtasida tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 53 davlatidan 500 nafardan ziyod kurashchilari qatorida O'zbekiston erkin va yunon-rum kurashlari yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Kecha erkin kurash bahsoarida o'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempioni, 2018 yil Argentinada o'tgan uchinchi o'smirlar Olimpiadasi g'olibi, "Sport Oskari" mukofoti sohibi, 19 yoshli Umidjon Jalolov (61 kg) nimchorak finalda ozarbayjonlik Abdulfaz Nasirovga alamli tarzda yutqazib qo'ygandi. Yakuniy hisob 6-6 ko'rinishida bo'lsa-da, so'nggi ballni qo'lga kiritgani uchun Nasirov chorak finalga yo'l olgandi. 

Agar Abdulfaz finalga etib kelganida, Jalolovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga kelar edi. Lekin amalda unday bo'lmadi. Ozarbayjonlik kurashchi chorak finalda eronlik raqibi Rahman Amouzadxaliliga 2-12 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

92 kg vaznda gilamga chiqqan 20 yoshli Muhammadrasul Rahimov 1/8 finalda AQSH kurashchisi, 19 yoshli Rokki Jozef Elamga qarshi bahs olib bordi va 3-8 hisobida engildi. Jalolovning raqibidan farqli ravishda Elam finalgacha etib bordi. SHu boisdan ham bugun Muhammadrasul bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida hindistonlik Prutviraj Patilga qarshi gilamga chiqadi. G'alaba qozongan taqdirda uni bronza medali uchun kechadigan bahsda rossiyalik Ivan Kirillov kutib turibdi.      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing