So’nggi yangiliklar

15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0 13:08Нурсултон Рўзибоев: "Йил охиригача UFC'даги ўзбеклар кўпайиб қоламиз" 0 12:47Брайан Баттл: "Нурсултон бу учун ҳали жавоб беради" 0 12:26Нималар бўляпти? UFC 319 доирасидаги яна бир жанг бекор бўлди 0 12:05Бугун 19-турга старт берилади. "Пахтакор" "Сўғдиёна"дан реванш оладими? 0 11:44Даврон Файзиев Дрикюс Дю Плесси - Хамзат Чимаев жангига тахмин билдирди 1 11:23Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига Туркияда тайёрланишяпти 0 11:02Дана Уайт Макгрегорнинг UFC ростеридан чиқарилгани ҳақидаги хабарга муносабат билдирди 0 10:41Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади 0 10:20Қозоғистонлик теннисчи WTA 1000 турнири 1/4 финалига чиқди 0

20 avg 16:52
Yangiliklar

SHaxmat

Jamoaviy O'zbekiston kubogi Buxoroda o'tkaziladi

26-30 avgust kunlari Buxoro viloyatida shaxmat bo'yicha jamoaviy O'zbekiston kubogi bo'lib o'tadi.

10, 12, 14 hamda 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlardan iborat hududiy terma jamoalar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrining eng iqtidorli yosh shaxmatchilaridan iborat jamoalar g'oliblik uchun dona surishadi.

Jami 7 turdan iborat turnir shveycarcha tartibda o'tkaziladi. Musobaqada elektron soatlardan foydalaniladi va har bir ishtirokchiga o'yin oxiriga qadar 90 daqiqadan vaqt beriladi.

Musobaqaga Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Lazzat” restorani mezbonlik qiladi. Jamoaviy O'zbekiston kubogida har bir jamoa uchun badal miqdori 500 000 so'mni tashkil qiladi.

O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mukofot jamg'armasi 12 000 000 so'mni tashkil qiladigan O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan jamoa 4 000 000 so'm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 2-o'rin uchun 3 200 000 so'm hamda 3-o'ringa sazovor bo'lgan jamoa esa 2 800 000 so'm miqdoridagi mukofotni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing