22 jan 11:31
Yangiliklar
Futbol

Jamshid Iskanderov "Seongnam"da + FOTO
"Lokomotiv" sobiq o'yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League'da davom ettiradi.
Jamshid Iskanderovning Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik. Endi bu haqda koreys klubi matbuot xizmati ham rasman elon qildi.
"Seongnam" o'z tarkibini o'zbekistonlik Jamshid Iskanderov bilan kuchaytirdi. Iskanderov to'p bilan yaxshi muomala qila oladi va maydon markazidagi ijodkor futbolchi sanaladi. U shuningdek mamlakat terma jamoasida ham o'ynaydi va boy tajribaga ega o'yinchi. Iskanderov, xush kelibsan", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Seongam" Janubiy Koreyaning yuqori divizioni, yani K-League' ishtirokchisi sanaladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar