17 noy 18:12
Yangiliklar
Futbol

Jamshid Iskanderov "Sepaxon"ga o'tishga yaqin
"Paxtakor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov kelasi mavsumdan boshlab Eron chempionatida to'p tepishi mumkin.
Jamshid Iskanderovga Eron chempionatining "Sepaxon" jamoasidan jiddiy qiziqish mavjud. Malumotlarga ko'ra, Iskanderov "Sepaxon" bilan muzokaralarga kirishgan.
Qoidaga ko'ra, futbolchi amaldagi klubi bilan shartnomasi tugashiga 6 oydan kam vaqt qolganida boshqa jamoa bilan muzokaralarga kirishishi va shartnoma imzolashi mumkin.
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, ular Jamshid Iskanderov borasidagi xabarni izohsiz qoldirishdi.
Eslatib o'tamiz, Iskanderovning "Paxtakor" bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida o'z nihoyasiga etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar