31 avg 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA, Sambo

Jangovar sambo bo'yicha jahon chempioni savdo markazida otishma sodir etdi
U yonidagi rafiqasiga yomon ko'z bilan qaragan notanish kimsaga qarata o'q uzgan.
Voqea Maxachqala shahridagi savdo markazlarining birida sodir bo'lgan. Jangovar sambo bo'yicha jahon chempioni, bir necha karra Rossiya chempioni, MMA jangchisi Velimurad Alxasov notanish kimsa bilan nizoga borib qolgan.
Velimuradning aytishicha, o'sha odam uning hijobdagi rafiqasiga yomon ko'z bilan uzoq vaqt tikilib turgan. Natijada janjal yuzaga kelgan. Alxasov yonidagi travmatik quroldan shilqimga bir necha bor o'q uzgan. Hozirda Velimurad hibsga olingan. Unga bezorilik aybi qo'yilmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar