So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

14 noy 11:57
Yangiliklar

Futbol

Janubiy Koreya murabbiyi: "Avstraliyada yangi futbolchilarni sinab ko'ramiz"

Ayni paytda Avstraliyada bo'lib turgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Vakillarimiz Brisben shahrida dastlab Livan, undan keyin 20 noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Har ikkala o'yin Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Ikkinchi raqibimiz Janubiy Koreya shu haftaning shanba kuni Avstraliya termasi bilan kuch sinashadi. Brisbenga keladigan koreyaliklar tarkibida yo'qotish bor. Xususan "Tottenxem" hujumchisi Son Xyong Min va "Nyukasl" yarim himoyachisi Ki Sung Yong mazkur yig'inga chaqirilmagan. Bundan tashqari, "Gamburg" hujumchisi Xvang Xi CHan jarohati sabab Avstraliyaga bora olmaydigan bo'ldi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Avstraliya sari yo'lga chiqish oldidan bosh murabbiy Paulo Bentu intervyu berdi. Portugaliyalik murabbiy shunday dedi: "Osiyo Kubogiga kam vaqt qolayotgan bir paytda biz uchun har bir yig'in muhim ahamiyatga ega. Men Avstraliyadagi ikkita o'rtoqlik o'yinida uch nafar yangi futbolchini sinab ko'rmoqchiman. Bular - Na Sang Xo, Li YU Xyon va Kim Jung Min. SHuningdek, tarkibimizda Li CHung Yong, Ku Ja CHol kabi faxriylar ham bo'ladi".

Qizig'i shundaki, Paulo Bentu ham xuddi Ektor Kuper kabi terma jamoani avgustda rasman qabul qilib oldi va uning ostida koreyaliklar bizga o'xshab to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Bu o'yinlarda ikkita g'alaba va ikkita durang qayd etildi. Bentuning aytishicha, jamoa o'yinida o'sish bor. "Men hammasi yaxshi ketayotganidan xursandman. Osiyo Kubogiga kelib yanada kuchli bo'lishimizga ishonaman. Avvalgi to'rtta o'yinni uyda o'ynadik. Endi safarda ham o'zimizni sinab ko'rmoqchimiz. SHu bois Avstraliya yig'inini tanladik", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing