10 sen 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Jastin Getji nima uchun Islamning muxlisi ekanligini tushuntirdi
UFC`ning engil vazn toifasidagi 37 yoshli chempioni Jastin Getji MMAda yanada tomoshabop uslubni afzal ko'rishiga qaramay, nima uchun UFC`ning engil vazn chempioni Islam Maxachevning katta muxlisi ekanligini tushuntirib berdi.
"SHubhasiz, men g'oliblarni yoqtiraman, shuning uchun Islam Maxachevning katta muxlisiman. MMA tomosha qilganimda, men boshqacharoq narsani ko'rishni istayman. Islamning janglari tomosha qilish uchun eng sevimli janglarimmi? Yo'q, lekin uning nima uchun bu darajada ekanligini mutlaqo hurmat qilaman. Bu yigitlar bolalikdan sambo bilan shug'ullangani va yoshligidan og'rituvchi hamda bo'g'uvchi usullar ustida ishlagani katta rol o'ynaydi.
Qolaversa, ular musulmon. Ular hayotida hech qachon ichimlik ichmagan va chekmagan. Ularning intizomi tengsiz. U o'zida bor bo'lgan barcha mukofot va yutuqlarga loyiq", — deya Getjining so'zlarini keltirdi FREAK.MMA akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar