26 apr 08:22
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Jastin Getji qachon oktagonga qaytmoqchi ekanini aytdi
Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji qachon oktagonga qaytmoqchi ekanligi haqida gapirdi.
			"Nazariy jihatdan menda ertagayoq qaytish imkoniyati bor, ammo men jismoniy holatimni tiklab olishim kerak. Miyam chayqalgan holatda belgilangan 180 kundan avval qaytish ahmoqlik bo'lardi. Ammo bu vaqt ichida formada qolish uchun kardio borasida ishlash kerak.
Men o'z sog'lig'im haqida qayg'urishim kerak. Meni oktagonda ko'rguningizga qadar kamida yarim yil o'tadi. Ammo bu vaqt ichida mashg'ulot qilmayman degani emas", - dedi Getji.
            Havola            :         
                    Manba                : MMA News
             
			
Fikrlar