05 okt 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Jastin Getji Xabibni qanday uslubda mag'lub etmoqchi ekanligi haqida gapirdi
UFCning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji Xabib Nurmagomedov bilan bo'ladigan jangi haqida gapirdi.
"Men oktagon chetiga taqalib qolmaslikka va u meni "aylantirib" olmasligiga etibor qaratishim kerak.
Agar Xabib meni parterda ushlasa, men unga shunday havf solishim kerakki, shunda keyingi safar parterga o'tishda o'ylabroq harakat qiladi. Mana shu mening vazifam.
Men uni muddatidan oldin, sabmishn bilan mag'lub qilishga harakat qilaman. U taslim bo'lishini xohlayman. Bu orqali men Xabibdan har taraflama kuchli jangchi ekanligimni unga isbotlashni reja qilganman. Meni maqsadim shu",-dedi Jastin Getji.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Getji o'rtasidagi jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar