So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

20 noy 08:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Jastin Getjining ehtimoliy raqibi va jang sanasi aytildi

Teglar :  Jastin Getji UFC
UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Jastin Getjining ehtimoliy raqibi va jang sanasi haqida malumot berildi.

Unga ko'ra, amerikalik aralash yakkakurash ustasi o'ziga tegishli BMF kamarini yarim engil vaznda sobiq UFC chempioni Maks Xolloueyga qarshi o'tkazishi mumkin. Bu haqda "Xaylayt"ning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar bermoqda.

"Kim 17 fevral kuni BMF kamari uchun kechadigan Jastin Getji - Maks Xollouey jangini ko'rishni istaydi?", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Abdel-Aziz.

Alining bu eloni Xolloueyning Jastin Getji bilan jang uchun engil vazn toifasiga ko'tarilishi mumkinligi haqidagi gapidan uch hafta o'tib aytildi. Agar bu jang amalga oshsa, Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi revansh jangi deyarli tasdiqlangan bo'ladi. 

Malumot uchun, 35 yoshshli Jastin Getji oxirgi ikkita jangida Rafael Fizievni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi, davogarlar to'qnashuvida Dastin Poreni nokautga uchratdi. 31 yoshli Maks Xollouey ham ketma-ket ikkita jangda zafar quchdi. Avvaliga Arnold Allenni ochkolar hisobiga ko'ra engdi, keyin esa Koreyalik Zombini nokautga uchrata oldi. 

Eslatib o'tamiz, 17 fevral kuni raqamlangan UFC 298 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkazilib, unda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski kamarini davogar Iliya Topuriyadan himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing