22 dek 13:26
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Jastin Getjining keyingi raqibi malum - manba
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Jastin Getjining navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
			36 yoshli sportchining keyingi raqibi Yangi Zelandiya vakili Den Xuker bo'ladi. Jang katta ehtimol bilan fevral oyida Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etiladigan UFC 312 turniri doirasida o'tkazilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Getji so'nggi jangini joriy yilning aprel oyida o'tkazilgan UFC 300 turnirida hamyurti Maks Xolloueyga qarshi o'tkazib, jang yakuniga ikki-uch soniya qolganida nokaut orqali imkoniyatni boy bergan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar