18 mar 14:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasur Alijonov Ramazon Temirovni mashg'ulot zaliga kiritmaganini aytdi
O'zbekistonlik MMA murabbiyi Jasur Alijonov UFC'da faoliyat olib borayotgan shogirdi Ramazon Temirov bilan ilk munosabatlarini esladi.
"Ramazon harakat qildi, o'zini ko'rsatdi. Boshida kelganida men uni zaldan haydab yuborganman, qabul qilmaganman. CHunki juda tartibsiz mashg'ulot qilardi, rejimga umuman amal qilmasdi. Lekin keyin qarori qatiy ekanini va maqsadi UFC ekanini aytgan. Keyin rozi bo'lib, qo'ldan kelgancha yordam bergan holda olti oydan keyin o'ziga mashg'ulot guruhi ochib berganman.
Oyiga 2 mln so'm pul berardim, harajatlariga etkazardi. Harakat qilib, o'zini ko'rsatgani uchun imkoniyat berganmiz va hozir ham shunday qilamiz", dedi Alijonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar