So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

18 fev 16:01
Yangiliklar

Boshqalar

Jasur Matchanov Moskvada rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuv o'tkazdi

Xabaringiz bor, Olimpiya harakatini rivojlantirish, sport sohasida yaqindan hamkorlik qilish maqsadida 2018 yilda O'zbekiston va Rossiya Milliy olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik to'g'risida kelishuv imzolangandi.

Bugun ana shu hamkorlik doirasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov hamda vice-prezident Ahmadjon Rahimov Moskvada joylashgan Rossiya Olimpiya qo'mitasi binosida uchrashuv o'tkazishdi. Unda mezbonlar tomonidan Bosh kotib Anastasiya Davidova, Bosh kotib o'rinbosari - Xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yuriy Yurev hamda sport direktori Andrey Konokotinlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro kelishuv asosida ishni davom ettirish, Olimpiya o'yinlarida ko'plab medallar jamlanmasi o'ynaladigan suv sporti va engil atletika sport turlari bo'yicha murabbiylarni terma jamoamizga jalb qilish, suv sporti turlari (suv polosi va sinxron suzish) bo'yicha qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish masalalari ko'rildi.


SHuningdek, rossiyalik mutasaddilar mart oyida poytaxtimizda foydalanishga topshiriladigan "Humo" ko'ptarmoqli arenasining ochilish marosimida ishtirok etish istagini bildirishdi. O'z navbatida, Jasur Matchanov mazkur tashrifdan faqat va faqat xursand bo'lishini bildirdi.

Bundan tashqari, Rossiya Olimpiya qo'mitasi vakillari o'zbek og'ir atletikasi so'nggi yillarda sezilarli ravishda o'sganini qayd etishdi. Ular tomonidan Tokio 2020 Olimpiadasi oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini birgalikda, Yaponiyaga yaqin bo'lgan hudud - Yujno-Saxalinsk shahrida tashkil etish taklifi bildirildi. O'z navbatida bu har ikkala tomon uchun ham manfaatli hamkorlik bo'lishi takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing