02 sen 21:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasurbek Latipov ham JCHda kumush medalni qo'lga kiritdi
Gamburgda bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionati finalida Jasurbek Latipov final jangini o'tkazdi.
-52kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan bokschimiz finalda kubalik Yosbani Veitiaga qarshi jang o'tkazdi. Vakilimiz jangda bir marotaba nokdaun holatiga tushib qoldi. Yakunda hakamlar sportchimizning 0:5 hisobidagi mag'lubiyatini qayd etdilar. SHu tariqa, Latipov JCHlarda o'zining ikkinchi kumush medalini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, u 2013 yilda bo'lib o'tgan JCHda ham kumush medal sohidiga aylangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar