02 dek 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev qirg'izistonlik bokschi ustidan g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal qildi
O'zbekistonlik bokschi Javohir Ummataliev (75 kg) Tailandning CHiangmay shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati doirasidagi ilk jangini o'tkazdi.
19 yoshli charm-qo'lqop ustasi nimchorak final bosqichi doirasida qirg'izistonlik Daniel Abdrahmanov bilan to'qnash keldi.
Jang to'liq 3 raund davom etib, unda Ummataliev 20 yoshli raqibi ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ummataliev endi 4 dekabr kuni tailandlik Jongjoxo Viirapon bilan bahs olib boradi. Jang g'olibi yarim final ishtirokchisiga aylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar