05 sen 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev yana Dyubua bilan bir kardda jang qiladi. Sana va manzil aniq
O'zbekistonlik 21 yoshli Javohir Ummatalievning prof boksdagi keyingi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
Yarim og'ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz 17 oktyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi O2 Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi.
Ushbu musobaqaning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida britaniyalik bokschilar - Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'rtasida kechadi. Hozircha Ummatalievning bo'lajak raqibi kim bo'lishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Javohir may oyida Manchesterdagi boks oqshomida polshalik Damian Drabikka qarshi jang o'tkazib, zafar quchgandi.
Havola :
Manba : x.com/JalolAkhmedov
Fikrlar