02 noy 16:15
Yangiliklar

JCH-2018. Boliviyadan 4 ochko olib tashlandi, Argentina 6-o'ringa pastladi
Gap shundaki, KONMEBOL mintaqasi jamoasi hisoblangan Boliviyaga FIFA tomonidan jarima sankciyasi qo'yildi. Unga ko'ra, bu terma jamoadan 4 ochko olib tashlandi.
Ularning Peru ustidan qozongan (2:0) g'alabasi hamda CHili bilan durang (0:0) qayd etgan o'yinidagi ochkolar bekor qilinishi barobarida, texnik mag'lubiyat ham yozildi.
Buning natijasida Xuan Antonio Picci boshchiligidagi CHili terma jamoasi turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Argentina terma jamoasi esa aksincha 6-pog'onaga pastladi.
Bu mintaqadan 4ta terma jamoaga to'g'ridan-to'g'ri JCH-2018 yo'llanmasi taqdim etiladi. Beshinchi jamoa pley-off o'yinlarida ishtirok etadi. Turnir jadvalida 21 ochko jamg'argan Braziliya terma jamoasi peshqadamlik qilyapti. Kuchli to'rttalikdan Urugvay, Ekvador va Paragvay terma jamoalari joy olgan.

Fikrlar