15 iyu 23:01
Yangiliklar
Futbol

JCH-2018. Eron mundialni g'alaba bilan boshladi
Rossiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining "B" guruhi doirasidagi Marokash - Eron uchrashuvida biroz kutilmagan natija qayd etildi.
Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'lgan marokashliklar o'yinning so'nggi daqiqasida o'tkazib yuborilgan avtogol evaziga mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. JCH-2018 saralashida guruhdoshimiz bo'lgan Eron shu tariqa mundialni g'alaba bilan boshladi.
Marokash - Eron 0:1
Gol: 0:1 – 90, avtogol Buxadduz.
Marokash – Muhammadi, El-Axmadi, Benatiya, Xakimi, Belxanda, Ziesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, Amrabat (Amrabat, 76), Saiss, El-Kaabi (Buxadduz, 77).
Eron – Beyranvand, Puraliganji, CHeshmi, Rezayan, SHojai (Taremi, 68), Xojsafi, Amiri, Ebraximi (Xosseyni, 80), Jahonbahsh (Goddos, 85), Azmun, Ansarifard.
Ogohlantirishlar: SHojai (10), El-Axmadi (34), Jahonbahsh (47), Ansarifard (90)
Havola :
Fikrlar