10 may 14:20
Yangiliklar

JCH–2018. Eron – O'zbekiston o'yinini ummonlik hakamlar boshqaradi
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) bo'lajak o'yinga rasmiylarni tayinladi. Ummonlik
FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf mazkur o'yinda bosh hakam
vazifasini bajaradi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymoy Marhun al-Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al-Amri yordam beradi. Umar Muborak Mazarua al-Yoqubiy (Ummon) zaxira hakami sifatida ishlaydi.
Hakamlar
ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv
komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo'yicha
oficer – Tara Singx (Malayziya).
Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston
uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkaziladi. O'yin
mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi
rejalashtirilgan.
Malumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi
7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12
ochko bilan guruhda hozircha 3-pog'onada bormoqda.
Fikrlar