03 sen 07:25
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/18476_220.jpg)
JCH-2018. Ispaniya Italiyani yirik hisobda engib, 1-o'ringa ko'tarildi
JCH-2018 saralash bosqichi doirasida o'z maydonida Italiya termasini qabul qilgan ispaniyalik futbolchilar dongdor raqib ustidan yirik g'alabani tantana qildilar.
Birinchi bo'limda Isko ikki bor Buffonni ranjitgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Morata o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 3:0.
Ushbu guruhning yana bir uchrashuvida Makedoniya terma jamoasi Goran Pandevning yagona goli evaziga Isroil terma jamoasidan kichik hisobda ustun keldi.
JCH-2018 - Evropa. G guruhi. 7- tur
Ispaniya 3 : 0 Italiya
Gollar: 1:0 – Isko – 13, 2:0 – Isko – 40, 3:0 – Morata – 77
Isroil 0 : 1 Makedoniya
Gol: 0:1 – Pandev – 73
G guruhidagi vaziyat:
1. Ispaniya – 19 ochko (7 o'yin);
2. Italiya – 16 (7);
3. Albaniya – 12 (7);
4. Isroil – 9 (7);
5. Makedoniya – 6 (7);
6. Lixtenshteyn – 0 (7).
Havola :
Fikrlar