21 iyu 07:37
Yangiliklar
Futbol

JCH-2018. Ispaniya, Portugaliya va Eron nimchorak final uchun kurashadi
JCH-2018 "B" guruhining 2-turidan so'ng Marokashdan tashqari qolgan uchta jamoada nimchorak finalga chiqish imkoniyati saqlanib qoldi.
Ikkinchi turdan keyin ushbu "kvartet"da Marokash uchun guruhdan chiqish eshiklari muddatidan avval yopildi. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng Marokash uchinchi turni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazadi.
Qolgan uchchala jamoa uchinchi turda hal qiluvchi o'yinlarni o'tkazishadi. Ispaniya va Portugaliyani so'nggi uchrashuvdagi durang natija ham nimchorak finalga olib chiqadi. Eronga esa faqat g'alaba lozim.
Eslatib o'tamiz, 3-turda Ispaniya Marokash bilan kuch sinashsa, Portugaliya Eron bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar