12 jan 09:41
Yangiliklar
JCH-2018 Kubogi 6 fevral kuni Toshkentga keladi
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati Kubogining turnesi 2017 yilning sentyabr oyida Moskva shahridagi “Lujniki” stadionidan boshlangan. Ushbu turga Rossiya Federaciyasi prezidenti Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino, Jahon chempionlari - Bebeto va David Trezegelar start berishgandi.
Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati Kubogi SHarqiy va Markaziy Osiyodagi to'qqizta davlat poytaxtini aylanib chiqadi. Toshkentdan keyin esa yana 34ta davlat poytaxtiga olib boriladi. Jahon chempionati Kubogi Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari ichida birinchi bo'lib Toshkentda to'liq bir kun bo'ladi.
JCH-2018 Kubogi iyun oyigacha 50dan oshiq mamlakatni aylanib chiqishini qo'shimcha qilish zarur. Bu ushbu loyiha tarixidagi eng uzun turne hisoblanadi.
Fikrlar