14 iyu 09:34
Yangiliklar
Futbol

JCH-2018. O'zbekistonlik komissar Kosta Rika - Serbiya o'yiniga tayinlandi
Bugun 14 iyun kuni Rossiya federaciyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi.
Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlashga O'zbekistondan O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifovni taklif qilgani haqida xabar berib o'tgandik. Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o'zbekistonlik mutaxassis mundial o'yinlarida komissar sifatida ishlaydi.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ladi.
Olim Arifov FIFAdan dastlabki tayinlovni oldi. U JCH-2018 «E» guruhidan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya o'yinida ishlaydigan bo'ldi. Uchrashuv 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar