29 mar 12:30
Yangiliklar
Futbol

JCH-2018. O'zbekistonning keyingi o'yinlari qachon bo'ladi?
Malumki, kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida JCH-2018 saralash bosqichi 3-bosqichi doirasidagi 7-tur uchrashuvida Qatarni mag'lub etgandi - 1:0.
Ko'pchilik navbatdagi tur o'yinlari qachon bo'lishi haqida malumot berilishini kutmoqda.
Demak, 12 iyun sanasida O'zbekiston Tehronda Eron mehmoni bo'ladi. 31 avgust kuni Xitoyga qarshi safarda maydonga tushamiz. Nihoyat 5 sentyabr kuni O'zbekiston saralash bosqichi so'nggi o'yinini o'z uyida Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazadi.
8-tur. 12 iyun
Eron - O'zbekiston
13 iyun
Suriya - Xitoy
Qatar - Janubiy Koreya
9-tur. 31 avgust
Suriya - Qatar
Xitoy - O'zbekiston
Janubiy Koreya - Eron
10-tur. 5 sentyabr
Qatar - Xitoy
Eron - Suriya
O'zbekiston - Janubiy Koreya
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar