11 mar 11:40
Yangiliklar
Futbol

JCH–2018 saralashi. Saudiya Arabistoni – Iroq uchrashuvi Kovalenkoga topshirildi
JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 7-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni va Iroq o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Uchrashuv bosh hakami etib FIFA referisi Valentin Kovalenko tayinlandi. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Husniddin SHodmonov yordam beradi. SHerzod Qosimov zaxira hakami vazifasini bajaradi.
Malayziyalik Subhiddin Muhammad Solih hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – CHao Jang (Xitoy).
Malumot uchun, Saudiya Arabistoni – Iroq uchrashuvi Jidda shahridagi King Abdullah Sports City stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 20:30 da boshlanishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar