02 fev 12:40
Yangiliklar
Futbol

JCH–2018 saralashidagi raqib – Qatar Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
O'zbekiston terma jamoasining JCH–2018 saralash bosqichidagi raqibi – Qatar termasi Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Uchrashuv 9 mart kuni Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 18:00 da boshlanadi. Mazkur bellashuv Qatar terma jamoasi uchun JCH–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Malumot uchun, Qatar terma jamoasi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 4 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. O'zbekiston termasi esa 9 ochko bilan uchinchi pog'onani egallagan.
O'zbekiston va Qatar saralash bosqichi 7-turida o'zaro to'qnash keladi. Mazkur o'yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar